"Vodiy futboli". Javohir Rasulov jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2015, 15:40
Vodiy klublari keyingi tur o'yiniga jiddiy tarzda tayyorgarlik olib borishmoqda.
"Qo'qon-1912": Jamoa bugun yig'iladi

"So'g'diyona"ga qarshi bahsdan so'ng qo'qonliklar bugun o'z qarorgohida yig'iladi. Rustam Abdullaev boshqaruvidagi jamoa 19 aprel, juma kuni o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi. Bo'lajak bahsga tayyorgarlik boshlandi. Aytish lozimki, derbida jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan Sardor Eminov diskvalifikaciya tufayli "Neftchi" bilan bahsni o'tkazib yuboradi.



"Neftchi": Javohir Rasulov jarohat oldi

Xabaringiz bor, Farg'onaning "Neftchi" klubi o'tgan kuni ikki tomonlama nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsda yarim himoyachi Javohir Rasulov jarohat oldi. Futbolchi Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng uning jarohati qanchalik jiddiyligi ma'lum bo'ladi.

Bugun jamoa 18:00da Qirgulidagi stadionda mashg'ulot o'tkazadi.



"Andijon": Asqaraliev va Otaxonov masalasi ertaga hal etiladi

Kecha jamoaning yoshlari va o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotgan futbolchilari Andijon Olimpiya Zaxiralari Kolleji tabriyalanuvchilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bahsda "Andijon" 6:2 hisobida zafar quchdi.

Jamoa bugun 18:00da "Sog'lom Avlod" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Unda Sanjar Asqaraliev va Ibrohim Otaxonov ham qatnashadi. Bu ikki futbolchi borasida PFLning qarori ertaga ma'lum bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia