"Vodiy futboli". "Neftchi" mashg'ulotlari "Istiqlol" stadionida o'tkazilmoqda

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2015, 15:50
Vodiy futboliga oid yangiliklardan boxabar qilishda davom etamiz.

"Qo'qon-1912": Bugun yoshlarimiz o'ynaydi

Bugun yoshlar ligasining 12-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi "A.Anoxin" nomli stadionda bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:30da start oladi. Mazkur bahsga Muhsin Nizomiddinov shogirdlari bugun ertalab jo'nab ketdi. Yoshlar ligasi-2015 da hozirgacha mag'lub bo'lmayotgan yosh qo'qonliklardan bugun ham ijobiy natija kutib qolamiz.


"Andijon": Jizzaxga yo'l oldik

"Andijon" jamoasi oliy liga 12-turida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Jamoa kecha kechki mashg'ulotni klub bazasida o'tkazdi. Bugun esa jamoa Jizzaxga qarab yo'l oldi.


 

"Neftchi": Mashg'ulotlar "Istiqlol" stadionida olib borilmoqda

Neftchi jamoasi mashgulotlarni kechadan "Istiqlol" uyingoxida davom ettiryapti. Ma'lum bo'lishicha, "Olmalik" jamoasi shahrimizga o'yin kuni Toshkentdan soat 11:30 da uchib keladi.


"Navbahor": Bugun yoshlarimiz o'ynaydi

Bugun "Navbahor" jamoasi yoshlari o'z maydonlarida "Buxoro" o'rinbosarlari bilan bellashadilar. Yoshlar ligasi 12-turidan o'rin olgan ushbu bahs To'raqo'rg'ondagi "Yoshlik" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti - 17:00.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia