"Vodiy futboli": Bugun "Qo'qon-1912" - "Navbahor" o'yini bo'ladi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2015, 14:05
Vodiy klublari ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

"Andijon" bugun Toshkentga boradi

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi 17 iyul kuni ikkinchi davraga tayyorgarlikning ilk bosqichini yakunlagan edi.

"Burgutlar" bugun, 19 iyul kuni Toshkentda yig'ilib tayyorgarlikni davom ettiradi. Ertaga jamoa a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Bu yig'in chog'ida 4ta nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.


"Neftchi": Ertaga Toshkentda yig'inni boshlaymiz

Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z qarorgohidagi yig'inni yakunladi.

Jamoa ertaga Toshkentda yig'inning ikkinchi bosqichini boshlaydi. Murod Ismoilov shogirdlari bu yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi.


"Navbahor" va "Qo'qon-1912": Bugun "Jar"da o'zaro o'yin

Bugun vodiyning ikki klubi Toshkentda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Navbahor" klubi Rustam Abdullaev boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" bilan bellashadi.

Bahs soat 17:45da "Jar" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia