"Vodiy futboli": Bugun "Neftchi" Farg'onada, "Qo'qon-1912" Navoiyda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 may 2015
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan dastlabki kunda vodiyning ikki klubi o'ynaydi.
"Andijon": Bugun yoshlarimiz "Do'stlik" stadionida o'ynaydi

Kecha Toshkentga yig'ilib “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashgan “Andijon” jamoasi “Lokomotiv”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida jamoamiz Toshkentdagi dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. Bugun ertalabki mashg'ulot esa “Lokomotiv” klubiga qarashli “Do'stlik” stadionida o'tkazildi. Jarohatlari borligi sababli Rahim Qodirov va Rasul Rahmonov hamda diskvalifikaciyasi borligi tufayli Davron Tursunovdan tashqari barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

Bugun “Do'stlik” stadionida yoshlar jamoamiz “Lokomotiv” o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



"Neftchi": Mag'lubiyatsiz seriya davom etadimi?

Bugun farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 8-turida "Dinamo"ni qabul qiladi. Prevyu

Bu mavsumda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turgan "Neftchi" o'tgan turda ilk g'alabasini qo'lga kiritgan "Dinamo"ni qabul qiladi. Farg'ona klubining mag'lubiyatsiz seriyasi 8ta o'yinga etgan. Jamoa o'tgan yilning oxirgi turida ham mag'lub bo'lmagan.

Murod Ismoilov va Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi jamoalar o'rtasidagi bahs soat 17:00da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.



"Qo'qon-1912": Matniyozov va yana ikki nafar yo'qotish bor

Kecha "Yoshlar sport majmuasi" stadionida "Qizilqum" bilan o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazildi. Navoiy shahrida bugun ob-havo yaxshi. Quyosh charaqlab turibdi. Prevyu

Tarkibda yo'qotishlar bor. Hozircha ulardan biri darvozabon Ruslan Matniyozov ekanligini aytish mumkin. 28 yoshli posbon "Buxoro" yoshlariga qarshi bahsda jarohat olib safdan chiqqandi. Asosiy tarkibning yana ikki a'zosi safda emas. Ular kimlar ekanligini o'yin arafasida ma'lum qilamiz.

Darvoqe, kecha durang qayd etgan yoshlarimiz Qo'qonga qaytib kyetishdi.



"Navbahor": Yoshlarimiz bugun "Nasaf" bilan o'ynashadi

Namanganning "Navbahor" klubi yoshlari bugun 8-tur o'yinini Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'ynaydi. To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida o'tkaziladigan bahs 17.00da boshlanadi.

Ortda qolgan 7ta turda yosh "lochinlar" 3ta g'alabaga erishishdi. Bir marta durang o'ynashdi va 3 bor mag'lub bo'lishdi. Ayni paytda 10 ochko to'plagan "Navbahor" yoshlari musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia