Vitolo: "Superkubokda biz bilan bunday holat oldin ham sodir bo'lgan"
Tolibjon Qosimov
10 avg 2016, 11:01
"Sevilya" yarim himoyachisi Vitolo UEFA Superkubogida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, bunday holat ular bilan avval ham sodir bo'lganini esga oldi.
"Superkubokda biz bilan bunday holat oldin ham sodir bo'lgan. Hammasi o'zimizni qo'limizda edi, lekin kichik xato tufayli deyarli qo'limizda turgan sovrinni boy berdik", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.