Vitaliy Denisov "Loko" bilan chempion bo'lmoqchi

25 mar 2016, 22:05
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov ushbu mavsumda Rossiya chempionligini ko'lga kiritmoqchi.


- Turnir jadvalidagi hozirgi mavqeimiz bizni kichik tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olishimizga sabab bo'ldi. Men terma jamoadagi bo'lajak o'yinlarni a'lo kayfiyatda o'tkazaman. "Loko"dagi terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilarimiz esa dam olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. SSKA va "Rostov" jamoalarini turnir jadvalida quvib yetishimizga ishonsa bo'ladi. Chempionat yakunlanishiga yana 9 tur bor. Demak imkoniyatlarimiz etarli. Biz asosan autsayder jamoalarga qarshi maydonga tushamiz. Ammo shuni unutmaslik kerakki, ular ham bizni "tishlab" olishlari mumkin. Shu bois diqqatni bir joyga jamlab olish lozim. Oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz oliy. Hozirgi holatda o'z o'yinimizdan bo'lak boshqa narsani o'ylamasligimiz zarur. Biz birinchi o'rinni egallashni o'ylab turibmiz. Lekin har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rib, barchasida g'alaba qozonishimiz kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru