Vinisius yangi shartnoma bo'yicha Realda qancha oylik olishni istayotgani ma'lum

Khoja
15 fev 2025, 08:32
Real Madrid futbolchisi Vinisius Junior Madrid jamoasida qolishga tayyor.

Biroq buning uchun Qirollik klubi futbolchining oyligini kamida 25 million evro qilib berishi lozim bo'ladi. Bu Mbappe va Bellingemning hozirgi maoshidan 10 million evro ko'p degani.

Ma'lumot uchun, Vinisiusning Real bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 16 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com