Vinisius - Saudiya Arabistoni Pro Ligasining asosiy nishoni

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 15:12
Madridning "Real" jamoasi vingeri Vinisius Junior Saudiya Arabistoni Pro Ligasi rahbariyatining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bu haqda "Cadena SER" "Al Hilol" bosh direktori Esteve Kalsadaga tayanib xabar bermoqda.

Direktorning aytishicha, hozirda uning klubi "qaymoqranglilar" bilan braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokara olib bormayapti. Shu bilan birga, Kalsada Vinisius atrofidagi vaziyatni Saudiya Arabistoni ligasining bosh direktori diqqat bilan kuzatib borayotganini ta'kidladi.

Agar futbolchi transfer bozorida ochiq bo'lsa, funkcioner uni olib kelishga urinib ko'radi. Hozircha esa "qirollik klubi" 25 yoshli vingerni sotishga tayyor ekanini bildirgani yo'q, garchi uning shartnomasi 2027 yilgacha amal qilsa ham.

Avvalroq Vinisius Junior "Real" rahbariyatiga kelajagi bo'yicha aniq bayonot bergan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena SER