Vinisius Raulning Chempionlar Ligasidagi rekrodini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2023
Tunda "Real" "Enfild"da "Liverpul"ni 5:2 hisobida taslim etdi.

"Real" hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasi 1/8 final bahsida raqib darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, Vinni (22 yosh va 224 kun) "Real" safida YCHLning ketma-ket uchta bahsida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada Raul Gonsales undan yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Raul 1999 yil dekabrida 22 yosh va 163 kunligida Chempionlar Ligasining qatorasiga uch uchrashuvda gol urishga erishgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia