Vinisius Junior: "Real"da hech kim orzu qilmaydi, biz maqsadlar qo'yamiz va barchasini yutishni xohlaymiz"

Alisher
20 noya 2020, 15:24
"Real" vingeri Vinisius Junior "qirollik klubi"ning mentaliteti haqida gapirdi.

"Real"da hech kim orzu qilmaydi, biz maqsadlar qo'yamiz. Bizning maqsadimiz - barchasini yutish. Men barcha bosh sovrinlarni yutishni xohlayman.

Mening qonimda dribling bor va bu mening yoshligimdan uslubimdir. Menga doim tezkor futbol yoqqan, jamoadoshlarimning uzatmalarini topishga harakat qilaman. Men "Real"ga kelganimda, tug'ma futbolimga boshqa narsalar qo'shilishini bilardim", - deydi Vinisius.

Eslatib o'tamiz, ispan klubi YCHLda eng ko'p (13) g'alaba qozongan jamoa hisoblanadi, "Real"ning eng yaqin taqibchisi "Milan" - 7 chempionlik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Espana