Vinisius: "Biz allaqachon Jahon chempionati muhitini his qila boshladik"

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022, 15:53
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Braziliya terma jamoasining mundialda ishtirok etadigan ro'yxatiga kirganiga munosabat bildirdi.

"Biz chempionat muhitini allaqachon his qila boshladik! Qanday ajoyib lahza! Oltinchi g'alaba va xalqimiz quvonchi sari yo'l olaylik", – dedi Vinisius.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi besh karra Jahon chempioni hisoblanadi. Biroq so'nggi chempionlik 2002 yilda qo'lga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Twitter.com/vinijr