"Vilyarreal" ketma-ket 13ta o'yindan beri yutqazmayapti. Klub EL pley-offiga chiqdi va La Ligada 3-o'rinda bormoqda

Alisher
4 dek 2020, 14:00
"Vilyarreal" Yevropa Ligasi doirasida mehmonda "Sivasspor" (1:0)ni mag'lub etdi va pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi.

Unai Emeri boshchiligidagi "Sariq suvosti kemasi" barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 13 o'yin (8 g'alaba, 5 durang)ga qadar etkazdi.

"Vilyarreal" Yevropa ligasida guruhda 5 turdan so'ng 13 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda.

Klub La Ligada 11 o'yindan so'ng 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia