"Vilyarreal" himoyachisi Musakkio oyog'ini sindirib olgani sabab 5 oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2015, 12:12
"Xetafe"ga qarshi uchrashuvda (1:1) oyog'ini sindirib olgan "Vilyarreal" himoyachisi Mateo Musakkio muvaffaqiyatli operaciya qilindi va uning oyoqqa turishi uchun 5 oy kerak bo'ladi.

Musakkio "Xetafe"ga qarshi o'yinning 59 daqiqasida maydonga tushdi. U 77 daqiqada to'p ortidan yugurayotib baxtsizlik tufayli chap oyog'ini sindirib oldi.

Musakiio Ispaniya chempionatida 14 uchrashuvda ishtirok etib, 3ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com