Vilya: "Asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotganim uchun "Barselona"ni tark etdim"

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2016, 11:10
"Valensiya" va "Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Nyu-York Siti" sharafini himoya qilayotgan David Vilya nega Kataloniya klubini tark etgani haqida aytib berdi.

"Asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotganimdan so'ng "Barselona"ni tark etdim. Doimo haqiqatga tik qaraganman. Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra men maydonda juda kam vaqt o'tkazar edim. "Barselona"da qolib, sovrinlar yutish oson edi, ammo men futbol o'ynashni istadim. Keyinchalik OAV bundan qandaydir yolg'onlar to'qidi. Aslida hammasi oddiy edi: Men maydondan ko'ra, zaxira o'rindig'ida ko'proq o'tirishni xohlamadim" - deydi Vilya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport