

"Asosiy tarkibdagi joyimni yo'qotganimdan so'ng "Barselona"ni tark etdim. Doimo haqiqatga tik qaraganman. Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra men maydonda juda kam vaqt o'tkazar edim. "Barselona"da qolib, sovrinlar yutish oson edi, ammo men futbol o'ynashni istadim. Keyinchalik OAV bundan qandaydir yolg'onlar to'qidi. Aslida hammasi oddiy edi: Men maydondan ko'ra, zaxira o'rindig'ida ko'proq o'tirishni xohlamadim" - deydi Vilya.



