Villash-Boash: "Xitoy klublari endi avvalgidek pul sarflamasa kerak"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017, 16:41
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning fikricha, Xitoy klublari transfer oynasida o'zini bosib ish qiladi.

"Reglamentda o'zgarishlar va legionerlar limitining kamaytirilishi tufayli Xitoy bozorida shov-shuvlar kamroq bo'ladi. Ko'ramiz, kelasi mavsumda nimalar bo'lar ekan.

Xitoydagi transfer oynasi yopildi, faqat futbolchilarni sotish mumkin. Klublar avvalgidek pul sarflamaydi deb o'ylayman" - deydi Villash-Boash.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP