

Belgiya Futbol Federatsiyasi rahbariyati Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan keyin terma ustozi Roberto Martinesni lavozimidan ozod etganidan so'ng Villash-Boash bilan bog'langan. Portugaliyalik mutaxassis esa bu taklifga rad javobini berdi. Shundan so'ng Belgiya Futbol Federatsiyasi va mutaxassis o'rtasida hech qanday aloqa bo'lmadi.
Oldinroq ushbu o'ringa Villash-Boashdan tashqari Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov hamda PSJ va "Tottenxem"da ishlagan Maurisio Pochettinoni ko'rib chiqayotgani aytilgan edi. Nemis mutaxassisining agenti taklifni rad etdi va argentinalik murabbiyning Belgiya boshqaruviga kelishi esa dargumon.



