Veynaldum “Roma”da?!

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2022, 09:15
Avvalroq, “Roma” Paulo Dibalani o'z safiga qo'shib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Rimliklar PSJ a'zosi Jorjino Veynaldumni ijaraga olmoqchi. Uning yillik maoshi 8 mln evroni tashkil qiladi va ushbu mablag'ni klublar teng taqsimlagan holda to'lamoqchi. Shuningdek, “Roma” niderlandiyalikni 4 mln evroga sotib olish huquqi bo'ladi.

31 yoshli yarim himoyachi PSJning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnashmasligi ma'lum bo'ldi. Unga “Milan” ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gazzetta.it