Veynaldum: “Vanihoyat, qaytdim”

Eldor Akmurzayev
16 dek 2022
“Roma” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jarohatidan qutildi.

Niderlandiyalik xavbek avgustda mashg'ulotlar vaqtida katta boldir suyagini shikastlab olishi oqibatida safdan chiqqandi. 32 yoshli futbolchi 2023 yilning boshida maydonga qaytishi kutilmoqda.

“Yoqimli tuyg'u... Vanihoyat, maydondagi mashg'ulotlarga qaytdim”, deya sahifasida to'p bilan ishlayotgan rasmini joylagan Veynaldum.

Eslatib o'tamiz, Jorjino Veynaldum PSJdan ijara asosida rimliklar safiga kelib qo'shildi va joriy mavsum maydonga atigi 12 daqiqa harakat qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru