Veynaldumning jarohati kutilganidan jiddiy bo'lib chiqdi

Eldor Akmurzayev
27 avg 2022, 09:30
“Roma” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoaviy mashg'ulotlar vaqtida jarohat olgandi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida niderlandiyalikning kichik boldir suyagi singani ma'lum bo'ldi va u jarrohlik stoli yotishiga kerak edi. Biroq, futbolchi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda oyog'ini operaciya qildirmaslikka qaror qildi. U 2023 yil yanvarida safga qaytishi kutilmoqda.

Shunday qilib, 31 yoshli o'yinchi Qatardagi mundialni o'tkazib yuboradi. Navbatdagi jahon chempionati 20 noyabrda start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia