Veynaldum yaqin orada maydonga qaytishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 fev 2023, 13:15
"Roma" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum tez orada maydonga qaytishini aytdi.

Yarim himoyachi 2022 yilning avgustida PSJdan ijaraga olingan. 

Niderlandiyalik xavbek "bo'rilar" safida bor-yo'g'i 12 daqiqa o'ynaganidan so'ng o'ng oyog'ini sindirib olgandi.

"Birinchi o'yin daqiqalari yaqinlashmoqda", – deb yozdi Veynaldum tvittyerda.

Veynaldumning ijara muddati 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan, shundan so'ng futbolchi PSJga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/GWijnaldum