Vetnam O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

13 sen 2013, 00:01
Endi O'zbekiston milliy terma jamoasi bor e'tiborini Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi-2015 ga qaratadi.
Navbatdagi raqibimizni Toshkentda shu yilning 15 oktyabrida qabul qilamiz. Terma jamoamizning raqibi esa Vetnam bo'ladi.

Vetnam ushbu uchrashuvga tayyorgaplikni Qatar poytaxti Doxa shaxrida olib boradi va 9 oktyabr kuni aynan mana shu Qatar milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv Doxada bo'lib o'tadi va shundan so'ng Vetnam milliy terma jamoasi  O'zbekistonga yo'l oladi, bu haqida Vetnam futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Eslatib o'tamiz, OK-2015 yo'lida terma jamoamiz hozircha 2 turdan so'ng o'z guruhida 1 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda. Vetnam hisobida esa ikkinchi turdan so'ng ochko mavjud emas. Guruhimizda BAA terma jamoasi hisobida 6 ochko bo'lsa, Gonkong hisobida 4 ochko bor. 

Manba: championat.asia