

"Bolg'alilar" ustozi Slaven Bilich Tevesni hujumni kuchaytiruvchi futbolchilardan biri deb hisoblab, uni jamoaga chaqirmoqchi edi. Ammo argentinalik haftasiga 250 ming funt talab qildi.
"Teves bilan tarkibimizni kuchaytirmoqchi edik, ammo u haftasiga 250 ming funt talab qildi. U "Yuventus"da yaxshi o'ynagan, lekin bu pulga arzidigan darajada emas" - deydi "Vest Xem" xo'jayini Devid Sallivan.
Teves 2006-2007 yillarda "Vest Xem" sharafini himoya qilgan.



