"Vest Xem" egasi Bilichni oldinroq haydab yubormaganidan afsusda

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 15:17
"Vest Xem" egalaridan biri Devid Sallivanning fikricha, Slaven Bilichni yozda ishdan bo'shatish kerak edi.

Ingliz klubi rahbariyati Angliya chempionatidagi 11 turdan so'ng Bilichni iste'foga chiqardi. "Vest Xem" 9 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

"O'zgarishlarni yozda amalga oshirib, murabbiyni o'zgartirish kerak edi, biroq kutishga qaror qildik. Slaven yaxshi futbolchi, biroq u dam olishi va batareykalarini to'ldirib olishi kerak.

Biz uni o'zgartirishga majbur edik va bu qarorimni aytganimda, u o'zini engil his qildi" - deydi Sallivan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun