Xitoy klubi Bilichning iste'fosini e'lon qildi

Alisher
9 yanv 2022, 14:38
Slaven Bilich ortiq Xitoyning "Beyjing Goan" jamoasi murabbiyi emas.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar 53 yoshli xorvatiyalik murabbiy bilan kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.

Bilich Pekinda bir yil ishladi. Bu vaqt davomida jamoa bilan 22ta o'yin o'tkazdi (9 g'alaba, 6 durang va 7 mag'lubiyat). 

Jamoa o'tgan mavsum Xitoy chempionatida 5-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcguoan.com