“Vest Bromvich” APLdagi 20ta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018, 09:51
“Vest Bromvich” klubi kecha Angliya chempionatining 23-turida “Brayton”ni mag'lub (2:0) etgandi.

Bu bilan Alan Pardyu shogirdlari Premer-ligadagi 20ta o'yindan iborat g'alabasiz seriyaga chek qo'yishdi. Jamoa so'nggi bor APLda “Bernli”ni 2017 yilning 19 avgust kuni 2-tur doirasidagi uchrashuvda taslim (1:0) etgan edi.

Ma'lumot uchun, “Vest Bromvich” 23-turdan so'ng 19 ochko bilan turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi. Pardyu esa o'tgan yilning 29 noyabr kuni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif