Verratti: "PSJda qolishga qaror qildim, "Barselona"ga o'tishim - yolg'on"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2018, 16:10
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti joriy mavsum oxirida "Barselona"ga o'tishi borasidagi xabarlarni rad etdi.

"Rayola meni "Barselona"ga taklif qilganini eshitdim. Bu yolg'on. Agentlarim bilan suhbatlashdim va ular fikrim bilan tanish. PSJda qolishga qaror qildim" - deydi Verratti.

Oldinroq, Verratti yozda transferga qo'yiladigan futbolchilar safida ekanligi xabar qilingan edi.

Joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi Fransiya chempionatining 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport