Verner: "Real"ning menga qiziqishi yoqimli emas desam, aldagan bo'laman"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2017, 16:50
"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner "Real" unga bildirayotgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

Oldinroq, OAVda 21 yoshli futbolchini Madrid klubi skautlari kuzatayotgani e'lon qilingan edi.

"Leyptsig"da baxtliman va maydonda bo'lganimda barcha hayollarim shu jamoa haqida bo'ladi. Ayni damda "Real" yoki boshqa klublar haqida o'ylayotganim yo'q, ammo kaminaga "Real" qiziqish bildirayotganini eshitish yoqimli. Bunga ahamiyat bermadim desam, aldagan bo'lardim" - deydi Verner.

Timo Verner joriy mavsum Bundesliganing 3 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS