Veratti: "Maqsadimiz - Chempionlar ligasida g'alaba qozonish, PSJ Fransiyada barcha sovrinni qo'lga kiritdi"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2016, 16:41
PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti Fransiyadagi hayotidan mamnun.

"So'nggi ikki yil davomida PSJ Fransiyada barcha sovrinni qo'lga kiritdi. Bundan ko'prog'ini qo'lga kiritish qiyin. Endi asosiy maqsad - Chempionlar ligasidagi g'alaba. "Bavariya", "Real" yoki "Barselona" darajasida bo'lishimiz uchun bizga doimo biror narsa yetishmaydi.

"Yuventus" qiziqishiga to'xtaladigan bo'lsam, ketish haqida gapirmaganman. Shartnomani uzaytirganim buning tasdig'i. PSJda o'ynamoqchiman" - deydi Veratti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport