Veratti koronavirusga chalindi. U katta ehtimol bilan "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
3 apr 2021, 07:24
PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti COVID-19'ga musbat test topshirdi.

Bu haqda parijliklar rasmiy matbuot xizmati ma'lum qildi. Xavbek karantinga yo'l oldi.

Shunday ekan futbolchi katta ehtimol bilan PSJning "Lill" va "Bavariya"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

28 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr