Vengriya terma jamoasi murabbiysiz qoldi

18 okt 2017, 00:52
Vengriya futbol uyushmasi o'z rasmiy saytida ma'lum qilishicha, Bernd Shtork bundan buyon milliy terma jamoa bosh murabbiyi hisoblanmaydi.

Vengriya termasi JCH-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasi “V” guruhida uchinchi o'rinni egallab, JCHga chiqish uchun kurashdan to'xtadi.

Germaniyalik mutaxassis 2015 yil yozida jamoa boshqaruviga kelgan va termani Evro-2016 final bosqichiga olib chiqqandi. O'shanda vengriyaliklar musobaqaning 1/8 finalida Belgiya termasiga mag'lub bo'lishgandi.

Vengriya terma jamoasi oxirgi marta 1986 yil Meksikada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: Венгерия футбол уюшмаси