Bernd Shtork: "Islandiya yaxshi himoyalandi"

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2016
Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtork Islandiyaga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Penalti bo'lgan vaziyatda hakam o'z qarorini qabul qildi, bu vaziyatni ko'rmadim, bu meni qiziqtirmaydi. Gol urganimizdan xursandman, haqli tarzda bunga erishdik. Menga ko'rsatayotgan futbolimiz yoqmoqda. Biz maydonda tashabbusga ega bo'ldik, ammo golli vaziyatlar kam yaratdik. Islandiya yaxshi himoyalandi", - deydi Shtork uefa.com saytiga.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu erda >>>> TANLOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com