

"Chelsi"ga qarshi so'nggi ikki o'yinda bir 10 kishi bo'lib o'ynadik. Ertaga qanday o'ynashimiz va tartibliroq bo'lishimiz juda muhim.
Aaron Remsiga to'xtaladigan bo'lsak, u hali jarohatidan qutilgani yo'q. Remsi "Bazel" va "Byorli"ga qarshi bahslarda ham o'ynay olmaydi" - deydi Venger.
Jurnalistlardan biri matbuot-anjumanida fransiyalik mutaxassisdan "MYU ustozi Joze Mourinyoning kitobini o'qidingizmi?" deb savol berdi. Vengerning javobi quyidagicha bo'ldi: "Men Jozening kitobini o'qiganim yo'q va o'qimayman ham. Bunga izoh berish niyatim yo'q".



