Venger Angliyadagi yangi futbol qoidalarini qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 13:49
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger simulyaciya uchun jazo haqida fikr bildirdi.

Yangi mavsumdan boshlab simulyantlar ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi, o'yini vaqtida berilgan sariq yoki qizil kartochkalar bekor bo'lishi mumkinligi e'lon qilindi.

"Bu menga yoqdi. O'yindagi g'irromliklarni yo'qotishni va pul to'laydigan muxlislarni hurmat qilishlarini istayman. Ular "sho'ng'iyotganlar"ni emas, futbol ko'rgani kelishadi. Muxlislarimiz katta pul sarflashadi, shu sababli o'yinni maksimal darajada toza va tezkor qilmoqchimiz" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com