Venger Angliya kubogini qo'lga kiritish bo'yicha mutloq rekordchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
27 may 2017, 23:57
Arsenal Angliya kubogi finalida Chelsini mag'lub etdi (2:1).

Shu tariqa, kanonirlar ustozi Arsen Venger faoliyati davomida ettinchi marta Angliya kubogini qo'lga kiritdi. Bu esa murabbiylar uchun yangi rekord hisoblanadi. Bunga qadar Arsenal ushbu murabbiy qo'l ostida bu kubokni 1998, 2002, 2003, 2005, 2014 va 2015 yillarda ham qo'lga kiritgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe