"Veneciya" Jovinko bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
6 iyul 2021, 10:16
"Al Hilol" forvardi Sebastyan Jovinko Italiyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 34 yoshli italiyalik futbolchiga yangi mavsumni A Seriyada boshlaydigan "Veneciya" klubi da'vogarlik qilmoqda.

O'yinchi Italiyadagi ishtiroki orqali milliy jamoaga qaytishga umid qilmoqda.

Jovinkoning Saudiya Arabistoni bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan. U "Al Hilol" safida umumiy 83ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 19ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano