Jovinko A Seriya klubiga o'tmoqda. Uning oxirgi jamoasi "Al Hilol" bo'lgandi

Eldor Akmurzayev
7 fev 2022, 08:40
“Yuventus” va Italiya TJ sobiq a'zosi Sebastyan Jovinko A Seriyaga qaytmoqda.

35 yoshli yarim himoyachisi “Sampdoriya”ga o'tmoqda. Genuyaliklar futbolchini og'ir jarohat olgan Manolo Gabbyadinining o'rniga olib kelmoqchi.

Jovinko o'tgan yil yozida “Al Hilol”ni erkin agent sifatida tark etgandi. Shuningdek, u “Toronto”, “Parma” va “Empoli” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano