Vela MLSda rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019
"Los-Anjeles" forvardi Karlos Vela MLSda rekord o'rnatdi.

"Real Solt Leyk"ka qarshi o'yinda u bir gol urdi va sheriklariga bir gol urishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Hisob esa 2:0 ko'rinishini oldi. Shu orqali hujumchi ushbu mavsumda 24 gol urdi. Uning hisobida 15 assistentlik bor.

Gol+pas tizimida yig'ilgan 39 ochko Velaga MLSda bu borada rekord o'rnatishiga olib keldi. Oldingi rekord 2015 yilda Sebastyan Jovinko tomonidan qo'yilgan edi.

Qayd etish kerak, mavsum yakunlangunicha "Los-Anjeles" yana 9ta o'yinda qatnashadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal