Varan "Bavariya", "Atletiko" va "Barselona"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017, 17:12
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Bavariya", "Atletiko" va "Barselona"ga qarshi uchrashuvlarda himoyachi Rafael Varanni maydonga tushira olmaydi.

Varan "Alaves"ga qarshi LaLiganing 29-tur uchrashuvida jarohat oldi. Fransiyalik futbolchining chap oyog'idagi shikastlanish qaytalandi. U fevralda shunday jarohat olib, bir yarim oyga safdan chiqqan edi. Bunday holatda Varan 4 hafta davolanishiga to'g'ri keladi.

"Bavariya" va "Real" 12 aprel va 19 aprel kunlari Chempionlar ligasi chorak final bosqichida to'qnash kelishadi. "Qirollik klubi" 8 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida 8 aprelda "Atletiko" bilan o'ynashadi. 23 aprelda "Real" hamda "Barselona" o'rtasida "El-Klassiko" bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com