

"Qiyin o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham pressingda o'ynadi, shu sababli bir futbolchi to'pni uzoq ushlab tura olgani yo'q. Darmianning o'yini yoqdi, u "Tottenxem" maydonida va himoyada yaxshi o'ynadi. Romero? U darvozani quruq saqlab, bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.
Raqibga katta bosim o'tkazdik va gol urdik. Munosib ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman. Shvaynshtayger? Unda katta tajriba bor, ammo u hech qachon "Old Trafford"dagidek qo'llashga ega bo'lmagan.
Bugun o'zgacha kun, chunki bugun tug'ilgan kunim. Jamoang mag'lubiyatga uchrasa bayram qila olmaysan" - deydi van Gal.



