Van der Vart faoliyatini Ispaniya uchinchi divizionida tugatmoqchi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015, 14:00
Gamburg yarim himoyachisi Rafael van der Vart, mavsum tugagach erkin agentga aylanadi.
U faoliyatini Ispaniya uchinchi divizionida ishtirok etayotgan Kadis klubida tugatmoqchi.

32 yoshli futbolchining aytishicha u o'z bobosiga faoliyatini Kadisda tugatishini aytgan ekan. Ushbu shaharda gollandiyalik futbolchining ona tomondan qarindoshlari yashaydi.

Eslatib o'tamiz, van der Vart oldinroq Ispaniyada Real sharafini himoya qilgandi.

Oldinroq futbolchi AQSHning Kanzas-Siti klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru