Valverde: "Messi baxtli va bu "Barselona"ga kerak jihat"

Tolibjon Qosimov
4 okt 2018, 11:02
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde YCHL 2-turi doirasida "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu kutganimizdek qiyin o'yin bo'ldi. O'yinimizda nima o'zgardi? Hech nima. Biz hamon o'sha g'alaba qozonishni istaydigan jamoamiz. Shunchaki, LaLiga doirasidagi oxirgi ikkita o'yinda omad biz tomonda emasdi.

Koutino? U gol urdi va butun o'yin davomida hujumga yordam berdi. U bellashuvni yuqori darajada o'tkazdi.

Messi? U hamisha kerak pallada o'zini ko'rsatadi. Hozir u baxtli va bu bizga zarur bo'lgan jihat", - deya Valverdening so'zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.com