“Valensiya”ni boshqarishga uch nafar da'vogar

7 iyul 2020, 00:54
Fransiyalik mutaxassis Loran Blan “Valensiya” ustoziga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda L'Equipe.

Nashr xabariga ko'ra, 54 yoshli murabbiy ispaniya klubini boshqarishga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Takidlanishicha, Blan ispan tilini yaxshi biladi. “Valensiya” rahbariyati shuningdek, Marku Silva va Kike Sanches Flores nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, 29 iyun kuni “Valensiya” ustozi Albert Selades iste'foga chiqarilgandi. U 2019 yil sentyabridan buyon jamoaga bosh murabbiylik qilib kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe