"Atletiko" va "Uotford" sobiq ustozi "Shanxay Shenxua" bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2018, 16:58
Xitoyning "Shanxay Shenxua" rasmiy sayti Kike Sanches Flores jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Xitoy Superligasining yakunlangan mavsumida "Shanxay Shenxua" 38 ochko bilan 7-o'rinni egalladi.

Floresning so'nggi ish joyi "Espanol" bo'ldi. Mutaxassis faoliyati davomida "Xetafe", "Valensiya", "Benfika", "Atletiko", "Al-Ahli", "Al-Ayn" va "Uotford" jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: shenhuafc.com.cn