"Sevilya" yangi bosh murabbiy bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
17 dek 2023
Ispaniyalik mashhur mutaxassis Kike Sanches Flores LaLiga jamoasida ish boshlashi mumkin.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, murabbiyning xizmatlariga "Sevilya" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Kelasi haftada uning tayinlanuvchi e'lon qilinishi ham mumkin. Andalusiyaliklar murabbiy bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolashi mumkin.

Bunga qadar jamoani Diego Alonso boshqarib kelayotgandi va u kecha ishdan ketkazibyu borildi. Ayni damda jamoa 16-turdan keyin 13 ochko jamg'arib, 16-o'rinni egallab turibdi. Undan tashqari, "Sevilya" evrokuboklarni ham tark etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes