Vagner Lav "Qayrat" bilan yarim yillik shartnoma imzoladi

Alisher
8 iyul 2020, 18:10
SSKA sobiq hujumchisi Vagner Lav faoliyatini Qozog'iston chempionatida davom ettiradi.

36 yoshli forvard "Qayrat" bilan 6 oyga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Vagnerning so'nggi klubi "Korintians" bo'lgan edi. O'tgan oyda u Braziliya klubi bilan shartnomasini bekor qilgan.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli hujumchi 2004-2007 yillar davomida Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fckairat.com