39 yoshli Vagner Lav yangi jamoaga o'tdi

Mirjalol Normatov
31 dek 2023
Hujumchi Vagner Lav futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi.

SSKAning sobiq hujumchisi Braziliyaning "Atletiko Goyaniense" klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 2024 yil yakuniga qadar amal qiladi.

Qayd etish kerak, "Atletiko Goyaniense" yakunlangan mavsumda Braziliyaning B Seriyasida 4-o'rinni egallab, A Seriyaga yo'llanma oldi.

39 yoshli Vagner o'tgan mavsumda "Sport Resifi" sharafini himoya qilgandi. 

Vagner futbol muxlislariga SSKA, "Monako", "Alanyaspor", "Beshiktosh", "Qayrat" kabi klublardagi faoliyati bilan mashhur.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo