Kutilmaganda Vagner Lav Qozog'iston klubi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020, 20:59
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vagner Lav Qozog'istonning "Qayrat" jamoasiga o'tganini ma'lum qildi.

Qozog'istonliklar forvardni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib oldi. Oldinroq futbolchi SSKAga qaytishga yaqin turgandi, biroq rus klubi uni ro'yxatdan o'tkaza olmadi.

36 yoshli Vagner Lav bunga qadar "Palmeyras", SSKA, "Flamengo", "Shandun Lunen", "Korintians", "Monako", "Alanyaspor", "Beshiktosh" kabi klublar tarkibida o'ynagan.

Braziliya termasi tarkibida esa u 20 o'yinda 4 marta raqiblari postiga yo'l topgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.kz