Kutilmaganda Vagnyer Lav Qozog'iston klubi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020, 20:59
Braziliya tyerma jamoasining sobiq futbolchisi Vagnyer Lav Qozog'istonning "Qayrat" jamoasiga o'tganini ma'lum qildi.

Qozog'istonliklar forvardni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib oldi. Oldinroq futbolchi SSKAga qaytishga yaqin turgandi, biroq rus klubi uni ro'yxatdan o'tkaza olmadi.

36 yoshli Vagnyer Lav bunga qadar "Palmeyras", SSKA, "Flamengo", "Shandun Lunen", "Korintians", "Monako", "Alanyaspor", "Beshiktosh" kabi klublar tarkibida o'ynagan.

Braziliya tyermasi tarkibida esa u 20 o'yinda 4 marta raqiblari postiga yo'l topgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.kz