Vadim Abramov: "Hozir natija muhim emas, aynan kuchli raqiblar bilan o'yin jamoamiz foydasiga ishlaydi"

Khoja
22 yanv 2024, 08:41
Abu-Dabida o'tgan "Zenit" va "Dinamo" o'rtasidagi uchrashuvdan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Xorijda yig'in o'tkazayotganimizni sabablaridan biri ham shu – kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish va tayyorgarlik doirasida jamoamizning kamchiliklarini ko'rib olish. Zenit kuchli jamoa ekanini bilardik, ularga qarshi o'yin har qanday natijaga qaramay, jamoamiz foydasi uchun ishlaydi. Shunga qaramay, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar buncha gol o'tkazib yuborish mumkin emas. Biz jamoa yig'ishning yakuniy bosqichidamiz, Zenitdek kuchli klublar esa muammolarimizni ko'rsatib bera oladi.

Abu-Dabiga kelib nega aynan kuchli raqiblar bilan o'ynayapmiz? Chunki hozirgi tayyorgarlik bosqichida natija muhim emas, o'yinchilarni sekin-asta tayyorlab, kamchiliklarni ham bosqichma-bosqich bartaraf etib boramiz. Tarkibdagi aksariyat yosh o'yinchilarimiz bunday saviyadagi jamoaga qarshi hali o'ynamagan. Shunday o'yinlar ularni toblantiradi. Natija hali muhim emas, har bir o'yinchiga imkoniyat beramiz. 

"Zenit"bilan o'yinda raqibni haddan ortiq hurmat qilib yubordik. Ha, ularning tarkibi juda kuchli, braziliyalik ijrochilar bor. Ammo qo'l ostimdagi jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, ular o'z kuchlarining 30 foizini ham ko'rsatgani yo'q. Raqibdan qo'rqmay, o'ynash talab etilgandi. Ehtimol, kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilayotgani ham ularning jismoniy holatiga ta’sir qilayotgandir. O'yinni tahlil qilamiz", - deydi Vadim Karlenovich.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/FCDinamo1960